logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arman Maxanov ishtirokidagi final jangi 2-raundda to'xtatildi

 13 DEKABR, 2025, 22:00

Dubay shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha IBA Jahon chempionatida barcha final janglari yakunlandi.

Musobaqada eng og'ir (+92 kg) vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Arman Maxanov finalda rossiyalik David Surovga qarshi jang o'tkazdi. 

Bahs 2-raundda to'xtatildi. Bokschimiz o'tkazib yuborilgan zarbalardan so'ng murabbiylarimiz jangni to'xtatishga qaror qilishdi. 

SHu tariqa, Maxanov musobaqani kumush medal bilan yakunladi. 

Malumot uchun, Maxanov finalga qadar IBA Pro jamoasi azosini, shuningdek Belarus, Kuba va Armaniston vakilini mag'lubiyatga uchratgandi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ