logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Abdumalik Xalokov yana bir Jahon chempionatini sovrindor sifatida yakunladi

 13 DEKABR, 2025, 19:48

Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining final bahslari o'tkazilmoqda.

Musobaqada -60 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov finalda rossiyalik Vsevolod SHumkovga qarshi ringga ko'tarildi.

Jang to'liq davom etdi va unda Abdumalik afsuski 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

SHu tariqa, bokschimiz musobaqani kumush medal bilan yakunladi. 

Bungacha Abdumalik musobaqa doirasida ikkita bosqichdan avtomatik tarzda o'tib, nimchorak finalda ispaniyalik Enrike Kakulovni, chorak finalda esa Ozarbayjon vakili Mahammadali Ashiralievni, yarim finalda esa Armaniston vakili Artur Bazeyanni mag'lubiyatga uchratgandi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ