Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi kuni beshta vaznda g'oliblar aniqlandi + FOTOGALEREYA
13 DEKABR, 2025, 10:32
Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda."Geolog" sport majmuasida o'tkazilayotgan bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan o'zbek dzyudosining ertangi kuni hisoblangan iqtidor egalari g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishyapti.
Mamlakat birinchiligining ilk kuni o'g'il bolalar -60, -66, qizlar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tashkil etilgan bellashuvlarda tatamiga chiqishdi. O'z vazn toifalarida Zarina Jamalova, Sabina Azamatova, Mohinur Allaberganova, Zafar Mubinov va Artur Ibodullaev O'zbekiston chempioni bo'ldi.
Birinchi kun g'olib va sovrindorlari:
-48 kg vazn toifasi
1. Zarina Jamalova (Toshkent vil)
2. Marjona Sadullaeva (Jizzax viloyati)
3. Maxfira Ro'ziboeva (Xorazm viloyati)
3. Dilrux Hasanova (Jizzax viloyati)
-52 kg vazn toifasi
1. Sabina Azamatova (Buxoro viloyati)
2. Nargiza Do'stmamatova (Qashqadaryo viloyati)
3. Kamola Orifjonova (Sirdaryo viloyati)
3. Nigina Umurzakova (Samarqand viloyati)
-57 kg vazn toifasi
1. Mohinur Allaberganova (Xorazm viloyati)
2. Aselxan Aralbaeva (Toshkent viloyati)
3. Maftina Ahmedova (Xorazm viloyati)
3. Ramajon Saparova (Xorazm viloyati)
-60 kg vazn toifasi
1. Zafar Mubinov (Buxoro viloyati)
2. Arapbay Daurbaev (Toshkent viloyati)
3. Muhammadjon Masharipov (Xorazm viloyati)
3. Muhammadkarim Nosirov (Toshkent shahri)
-66 kg vazn toifasi
1. Artur Ibodullaev (Xorazm viloyati)
2. Sobirjon Rasulov (Jizzax viloyati)
3. Xudoyor Arslonov (Samarqand viloyati)
3. Rasul Parmonov (Buxoro viloyati)


















Manba: olamsport.com
