O’Melli Pyotr Yan bilan Oq uyda jang qilmoqchi
12 DEKABR, 2025, 17:48
UFC sobiq chempioni SHon O’Melli rossiyalik chempion Pyotr Yan bilan Oq uyda bo'lib o'tadigan turnirda jang qilish istagini bildirdi."Men Song bilan jangni yakunlayman, shundan keyin Pyotr bilan Oq uydagi jangni kutib turaman. UFCning ushbu vaznida bundan ahamiyatliroq jang yana qaysi bo'lishi mumkin, tushunmayman" — dedi O’Melli podkastida.
Manba: olamsport.com
