logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bugun Qarshi shahrida yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oladi

 12 DEKABR, 2025, 08:16

Uch kun davomida Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

"Geolog" sport majmuasi mezbonlik qiladigan murosasiz va qiziqarli bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan o'zbek dzyudosining ertangi kuni hisoblangan iqtidor egalari g'oliblik yo'lida tatamiga chiqadi. 

Bugun o'g'il bolalar -60, -66, qizlar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tashkil etiladigan bellashuvlarda tatamiga chiqishadi. Saralash bahslari soat 10:00'da boshlanadi.    

Dzyudo muxlislarini murosasiz bellashuvlarni tomosha qilish uchun "Geolog" sport majmuasiga taklif etamiz.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ