logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Asilbek Jalilov rossiyalik raqibga qarshi jangni yakunladi

 11 DEKABR, 2025, 18:00

Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining yarim finallari boshlandi.

Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov yarim finalda Rossiya vakili Vyacheslav Rogozinga qarshi ringga ko'tarildi. 

Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jang davomida hakamlar bokschimizdan ochko ham olib tashlashdi. 

Asilbek yarim finalga qadar Turkiya, Gana va Serbiya vakillarini musobaqadan chiqarib yuborgandi. 

Bokschimiz musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi. Bu orqali Asilbek Jalilov 75 000 AQSH dollariga ega bo'ldi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ