Beshta jamoa ECHL pley-off yo'llanmasini naqd qildi
11 DEKABR, 2025, 11:32
Evropa CHempionlar Ligasining umumiy bosqichining 6-turidan so'ng 5 ta jamoa pley-off bosqichiga yo'llanma oldi."Arsenal", "Bavariya", PSJ, "Manchester Siti" va "Atalanta" 25-o'rindan pastga tushmaydi.
Umumiy bosqichdan eng yaxshi sakkizta jamoa to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oladi, to'qqizinchidan 24-o'ringacha bo'lgan jamoalar esa pley-off bosqichida o'ynaydi. Ularning g'oliblari ham 1/8 finalga yo'l olishadi.
Bu yilgi CHempionlar Ligasi finali Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o'yini 2026 yil 30 may kuni o'tkaziladi.

Manba: olamsport.com
