logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Qoyil! To'rabek Habibullaev kubalik boks afsonasini mag'lubiyatga uchratib, JCH yarim finaliga yo'l oldi

 11 DEKABR, 2025, 01:16

Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati qizg'in davom etmoqda.

Musobaqada -92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Habibullaev chorak finalda ikki karra Olimpiada va besh karra Jahon chempioni Xulio La Kruzga qarshi ringga ko'tarildi.

Jang to'liq davom etdi va unda To'rabek Habibullaev 4:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. 

Malumot uchun, To'rabek bungacha braziliyalik raqibni mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga etib kelgandi.

Endi bokschimiz yarim finalda Ozarbayjon vakili, kelib chiqishi kubalik bo'lgan Alfonso Domingesga qarshi jang o'tkazadi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ