JCH-2025. Xo'janazar Nortojievning armanistonlik bokschiga qarshi jang yakunlandi
10 DEKABR, 2025, 23:00
Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.Musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Xo'janazar Nortojiev chorak finalda armanistonlik Jirair Sargisyanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Xo'janazar 4:1 hisobida g'alabaga erishib, yarim final chiptasiga ega chiqdi.
Malumot uchun, Nortojiev bungacha SHri-Lanka va Hindiston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga etib kelgandi.
Endi u yarim finalda JAR yoki Tojikiston vakiliga qarshi jang qiladi.
Manba: olamsport.com
