Eron chempionati. O'runov tomonidan urilgan gol «Persepolis»ga g'alaba keltirdi (video)
9 DEKABR, 2025, 21:00
Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Persepolis» klubi safarda «Paykon»ga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda mehmonlar hisobni ochishdi. Oston O'runov jarima maydoniga kirdi va o'tkir burchak ostida bo'lishiga qaramay, aniq zarba bilan to'pni darvozaga joyladi.
Ushbu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi. O'runov esa 86-daqiqada zaxiraga olindi. "Persepolis" ushbu g'alaba evaziga o'z ochkolarini 22 taga etkazib, peshqadamga aylandi.
Eron chempionati, 13-tur
"PAYKON" - "PERSEPOLIS" - 0:1
Gol: Oston O'runov (45+2)
Manba: stadion.uz
