"Kyoln" ustozi "Bavariya"ga qarshi o'yin haqida: "Biz qattiq mehnat qildik va borimizni berdik"
25 YANVAR, 2023, 10:53
Germaniyaning "Kyoln" bosh murabbiyi Shteffen Baumgart 17-tur doirasida "Bavariya" bilan (1:1) bo'lib o'tgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Hech qanday shikoyatim yo'q, bu juda yaxshi o'yin bo'ldi. Biz hujumda yaxshiroq o'ynashni istadik, ammo "Bavariya" juda zo'r jamoa ekanligini isbotladi. Biz ko'p mehnat qildik va buning uchun borimizni berdik", - dedi "Kyoln" ustozi "Bavariya" matbuot xizmatiga.