Prezident Kubogida peshqadam o'zgardi, o'zbek derbisida murosayu madora
9 DEKABR, 2025, 12:00
Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli Prezident kubogi bo'lib o'tmoqda.Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan grossmeysterlar bosh sovrin uchun bahs olib borishyapti. Hindistonlik Nihal Sarin (2701) turnirda birinchi raqam ostida saralangan. U kecha o'tkazilgan 5-turda armanistonlik SHant Sargsyanni mag'lubiyatga uchratdi va turnir jadvalida 4 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Bunga yosh grossmeysterlarimiz SHamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovning o'zaro durang o'ynagani sabab bo'ldi. Tur oldidan bu ikki shaxmatchimiz 3 ochkodan jamg'arib, musobaqada peshqadamlik qilishayotgandi. Ular kuchli uchlikda qolishdi. To'rtinchi o'rindagi Daneshvar Bardiya hisobida 3 ochko bor. Eronlik grossmeyster 5-turda oq donalarda yana bir shaxmatchimiz Abdimalik Abdisalimov bilan durang o'ynadi.
Beshinchi turda germaniyalik Frederik Sven rossiyalik Aleksandr Grishukni, franciyalik Maksim Lagarde ukrainalik Yuriy Kuzubovni mag'lubiyatga uchratdi. Bugun 6-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Soat 15:00`da boshlanadigan turda Muhiddin Madaminov qora donalarda peshqadam Nihal Saringa qarshi bahs olib boradi. SHamsiddin Vohidov qora donalarda Daneshvar Bardiya bilan hisob-kitob qiladi. Abdimalik Abdisalimov esa Yuriy Kuzubovga qarshi dona suradi.

Manba: olamsport.com
