UEFA Rossiyani qaytishini istamayapti
25 YANVAR, 2023, 10:14
Rossiya Futbol ittifoqi va UEFA vakillari o'rtasida Rossiyani xalqaro futbolga qaytarish borasida o'tkazilgan muzokaralar samarasiz yakun topdi. UEFA qarorgohida bo'lgan uchrashuvda Rossiya tomonidan Futbol ittifoqi vitse-prezidenti Aleksandr Alaev ishtirok etgan.
3 soatdan ortiq kechgan muzokaralar Rossiya uchun samarasiz yakun topdi. Muzokaralarning keyingi bosqichi fevralda bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Rossiya va uning klublari FIFA va UEFA tasnifidagi turnirlardan chetlatilgan.