Adrien Rabo «Torino» darvozasiga 29 metrdan gol urdi (video)
9 DEKABR, 2025, 11:34
«Milan» yarim himoyachisi Adrien Rabo Italiya chempionati 14-turida «Torino»ga qarshi bahsda (3:2) 29 metrdan aniq zarba yo'llab gol muallifi bo'ldi.
Opta Paolo ma'lumotiga ko'ra, A seriyada «rossoneri» tarkibidan bundan ham uzoq masofadan kiritilgan oxirgi golni Keysuke Xonda 2016 yil 14 fevral kuni «Jenoa» darvozasiga 30 metrdan urgan edi.
Joriy mavsumda Raboning hisobida milliy chempionatda 7 o'yinda «1+1» ko'rsatkichi bor.
Manba: stadion.uz
