logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Arshavin: "Arsenal" "Siti"ga imkoniyat qoldirmayapti"

 25 YANVAR, 2023, 09:06

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Andrey Arshavin londonliklar jamoasining 2022/2023 yilgi mavsumda chempionlik uchun imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Premer-liga peshqadami "Arsenal" 50 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" (45) ustidan peshqadamlikni saqlab qolyapti. “Kanonirlar” oxirgi marta 20 yil avval Angliya chempioniga aylangandi.

"Arsenal"ning chempion bo'lish ehtimoli juda yuqori, chunki ular yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va "Manchester Siti" vaqti-vaqti bilan sustlashib turadi. "Arsenal" umuman yaxshi natija qayd etyapti. Hozircha ular hamma narsada, shu jumladan, "Man Siti"dan ham ustunroq.

"Manchester Siti" taslim bo'lishi dargumon, ammo bu yil har holda, chempionlikka da'vogar jamoalar o'rtasidagi intriga va qarama-qarshilik nuqtai nazaridan hammasi qiyinroq bo'ladi", - deya Arshavinning so'zlarini keltiradi Match TV.

Rossiyalik futbolchi 2009-13 yillarda "Arsenal"da o'ynagan. Umumiy hisobda u jamoa uchun 144 uchrashuvda 31 ta gol va 38 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR