logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

IBA Jahon chempionati. Bugun 7 bokschimiz ringga ko'tariladi, ulardan 2 nafari Olimpiada chempioni

 8 DEKABR, 2025, 16:00

Bugun BAAning Dubay shahri mezbonligida o'tayotgan boks bo'yicha IBA Jahon chempionatining beshinchi kuni doirasida terma jamoamizning 7 nafar vakili ringga ko'tariladi.

Kechagi kun doirasida ringga chiqqan 3 bokschimizdan 2 nafari mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatidagi ishtirokini erta yakunlagan edi. Bugungi janglarda 7 nafar charm qo'lqop ustamizga muxlislik qilamiz. 

Bugungi kunduzgi dastur doirasidagi saralash janglari Toshkent vaqti bilan soat 18:00, kechki blok esa 22:00 da boshlanadi.

Juftliklar bilan tanishing:

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Armen Mashakaryan (Iba-Pro) A ring. 18:00

-80 kg: Javohir Ummataliev - Omurbek Bekjigit uulu (Qirg'iz Respublikasi) A ring. 19:45

-92 kg: To'rabek Xabibullaev - Kalil Luan Brasil (Braziliya) A ring. 20:30

+92 kg: Arman Maxanov - Uladzislau Smiahlikau (Belarus) A ring. 21:15

-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Anvarjan Xodjiev (Qirg'iz Respublikasi) B ring. 22:00

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Enrike Kakulov (Ispaniya) A ring. 23:00

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Vakhtang Xarutyunyan (Armaniston) A ring. 00:15



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ