logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

WTA reytingi. Kecha Franciyada chempion bo'lgan Kamilla Rahimova Top-100`ga kirdi, ammo...

 8 DEKABR, 2025, 12:00

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingdagi tennis malikalarimiz soni 7 nafarni tashkil etmoqda. Aslida 8 nafar bo'lishi kerak edi. Ammo negadir Rossiyadan mahalliylashtirilgan Kamilla Rahimova hamon o'zbekistonlik tennischi sifatida ko'rsatilmagan. U haliyam neytral tennischi maqomida turibdi. Rahimova kecha Franciyadagi WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirda chempion bo'lgani hisobiga 15 pog'onaga yuqorilab, Top-100`ga kirib oldi. U yangilangan reytingda 97-o'rinda qayd etildi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun elon qilingan WTA reytingida yana bir mahalliylashtirilgan rus tennischisi Mariya Timofeeva O'zbekistonning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. U to'rt pog'onaga yuqorilab, 142-o'rinni band etgan. Litvadan mahalliylashtirilgan 18 yoshli Layma Vladson O'zbekistonning ikkinchi raketkasi va u ayni paytda reytingning 879-pog'onasidan joy olgan. Vladson o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 5 pog'onaga pastlagan. 

Qolgan tennischilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, Vlada Yakshibarova 4, Milana Maslenkova va Diana Yakovleva 3 pog'onaga pastlagan. Sevil Yuldasheva 2, Nigina Abduraimova esa 1 pog'onaga ko'tarilgan. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bu hafta hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. Kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan. WTA Finals chempioni qozog'istonlik Elena Ribakina hamon 5-o'rinda bormoqda. 


WTA reytingi. 8 dekabr kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10870 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 8395

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6763

4. (4) Amanda Anisimova (AQSH) - 6287

5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850

6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5583

7. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4335

8. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4325

9. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4319

10. (10) Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) - 3375...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

142 (146). Mariya Timofeeva – 513

879 (874). Layma Vladson – 30

1073 (1069). Vlada Yakshibarova – 16  

1197 (1194). Milana Maslenkova – 11 

1276 (1278). Sevil Yuldasheva – 8

1322 (1323). Nigina Abduraimova – 7  

1473 (1470). Diana Yakovleva – 3


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ