logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

IBA Jahon chempionatida ikkinchi yo'qotish. Ikkita nokdaun qayd etilgan jangda mozambiklik bokschi bizni ranjitdi

 7 DEKABR, 2025, 21:32

Dubay shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha IBA Jahon chempionatining to'rtinchi kungi bahslari charm qo'lqop ustalarimiz uchun omadsiz o'tmoqda.

Afsuski, bugungi ringga chiqishi rejalashtirilgan uch bokschimizdan ikki nafari mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatidagi ishtirokini erta yakunladi. 

Sayat Ilyasov (-63,5 kg)dan keyin SHavkatjon Boltaev ham musobaqa bilan xayrlashdi. -67 kg vazndagi bokschimiz ilk jangidayoq Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi, mozambiklik Osorio Muxangga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkala bokschi ham bir marotabadan nokdaun holatiga tushib qoldi. 

Malumot uchun, SHavkatjon Boltaev shu yil Liverpul shahrida o'tkazilgan Jahon chempionatining 1/4 finalida iordaniyalik Zeyad Eashashga yutqazib, medalsiz qolgandi. Bir soatlardan so'ng Xo'janazar Nortojiev (-57 kg) ilk jangida SHri-Lanka bokschisi Rukmal Podiga qarshi ringga ko'tariladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ