Joshua Van - UFC tarixidagi ikkinchi eng yosh chempion
7 DEKABR, 2025, 15:48
Myanmalik yangi chempion Joshua Van UFC tarixidagi ikkinchi eng yosh chempionga aylandi.U buni UFC 323 turnirida Aleksandr Pantojani texnik nokaut bilan mag'lub etgan holda amalga oshirdi.
Van 2001 yil 10 oktyabrda tug'ilgan, hozir 24 yoshda. U UFC chempionlari orasida yosh bo'yicha ikkinchi o'rinni egalladi. Birinchi o'rinda — Jon Jons: u birinchi chempionlikni 23 yosh 243 kunida qo'lga kiritgan.
Van esa titulni 24 yosh 57 kunida oldi — u 2010 yil noyabrda chempionlikni qo'lga kiritgan braziliyalik Joze Aldodan 15 kunga yosh.
Manba: olamsport.com
