logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xabibning jamoasidagi engilmas jangchi PFLda debyut qiladi

 6 DEKABR, 2025, 16:00

Bu haqda promoushen matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Amru Magomedov PFL promoushenida debyut qiladi. Unga AQSH vakili Kolton Englund raqiblik qiladi. Jangchilar 2026 yilning 7 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tadigan turnirda o'zaro kuch sinashadi.

Malumot uchun, Magomedov aralash yakkakurashlarda 8 ta jang o'tkazgan va ularning  barida g'alaba qozongan. Amru ikki marta nokaut bilan yutgan. U Xabib Nurmagomedov jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Uning raqibi MMA’da 19 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba (6 tasi nokaut) va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ