"Manchester Siti" etakchisi "Real"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
6 DEKABR, 2025, 15:32
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri ECHL umumiy guruh bosqichi 6-turi doirasidagi "Real"ga qarshi bahsda qatnashmasligi mumkin."Sport.es" malumotiga ko'ra, xavbek APLning 14-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi bahsni jarohat bilan yakunlagan va shu boisdan 10 dekabr kungi o'yinda qatnashmasligi ham mumkin.
Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning aytishicha, u 6 dekabrdagi "Sanderlend" bilan o'yinda qatnasha olmaydi. 2024 yilgi "Oltin to'p" sohibi tizzasidan olgan jarohatini uzoq muddat davolaganidan so'ng ushbu mavsumda 8 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: olamsport.com
