Toshkent Asia Auto Gymkhana Championship 2025 finaliga tayyorgarlik ko'rmoqda
6 DEKABR, 2025, 14:48
12-14 dekabr kunlari poytaxtimiz Osiyodagi eng yirik jimxana chempionati - Asia Auto Gymkhana Championship 2025 musobaqasining final bosqichiga mezbonlik qiladi.Bu erda mintaqaning eng kuchli pilotlari mavsumning yakuniy natijalari uchun kurash olib boradilar.
2025 yil davomida chempionat quyidagi to'rt davlatda o'tkazildi:
1-bosqich — Qirg'iz Respublikasi
2-bosqich — SHri-Lanka
3-bosqich — Hindiston
4-bosqich — Xitoy Taypeyi
Ushbu nufuzli chempionatning final bosqichi ilk marotaba O'zbekistonda tashkil etilmoqda.

Manba: olamsport.com
