logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pyotr Yan va Merab Dvalishvilining jang uchun gonorarlari malum

 6 DEKABR, 2025, 14:32

O'ta engil vaznda UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili 7 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 323 turniri doirasida ushbu kamarning sobiq egasi rossiyalik Pyotr Yanga qarshi revansh jangida oktagonga chiqadi.

Ushbu jang uchun har ikki aralash yakkakurash ustasi rekord darajadagi gonorarlarini olishlari mumkin. Yanning faoliyatidagi eng katta gonorar - Aljameyn Sterling bilan revansh jangi uchun bo'lgandi - 1,15 million dollar. Bo'lajak jangning titul maqomini hisobga olgan holda, rossiyalik kamida 500 ming dollar, ehtimol undan ham ko'proq daromad olishi kutilmoqda.

Dvalishvili so'nggi yillarda UFC’ning Top to'lovlari darajasiga chiqdi: uning chempionlik janglari uchun gonorarlari 1,43 million dollardan 2,34 million dollargacha bo'lgan. Revansh maqomi va jangga bo'lgan yuqori qiziqishni hisobga olgan holda, gruziyalikning kamida 2 million dollar gonorar olishi taxmin qilinmoqda.

Bu summa faqat kafolatlangan gonorar, unga translyaciya va boshqa to'lovlardan tushadigan mablag' kiritilmagan. Aralash yakkakurash ustalarining rasmiy gonorarlari jangdan so'ng elon qilinadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ