logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

WBC va IBF Usik - Uaylder jangiga ruxsat berdi

 5 DEKABR, 2025, 13:48

Aleksandr Usik superog'ir vazndagi WBC chempionlik kamarini ixtiyoriy himoya qilish uchun rasmiy ariza topshirdi.

Ukrainalik chempion ushbu jang uchun Jahon boks kengashi (WBC)dan ruxsat oldi. Bu haqda WBC prezidenti Maurisio Sulaymon Sky Sports’ga bergan intervyusida malum qildi.

"Deontey Uaylder reytingda 8 yoki 9-o'rinni egallab turibdi. SHu boisdan u Aleksandr Usikka qarshi ringga chiqishni istasa, unda davogarlik qilish huquqi bor. Usik kamarini ixtiyoriy himoya qilish uchun ariza berdi va bugun u tashkilot tomonidan maqullandi", - dedi Sulaymon.

IBF ham Usikning Uaylder bilan jang qilishiga qarshi emas.

"IBF kamarini majburiy himoya qilish muddati kelgan taqdirdagina bu biz uchun muammoga aylanadi. Hozirgi holatda biz bunga qarshi emasmiz", - deydi IBF rasmiy vakili.

SHu hafta boshida ukrainalik bokschi faoliyatini yakunlamoqchi emasligi va keyingi raqibi amerikalik Deontey Uaylder bo'lishini xohlayotganini aytgandi. Sobiq jahon chempioni Deonteyning jamoasi ham bu taklifni katta ishtiyoq bilan qabul qildi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ