logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

London Chess Classic 2025. Nodirbek Abdusattorov muddatidan oldin chempion!

 5 DEKABR, 2025, 08:16

Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha London Chess Classic 2025 turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 funt sterlingni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan 10 nafar shaxmatchisi qatori yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Birinchi turda britaniyalik grossmeyster Gavayin Jons bilan durang o'ynagan hamyurtimiz ketma-ket oltita uchrashuvda g'alabaga erishgandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Kecha tunda o'tkazilgan 8-tur bahsida Abdusattorov eng yaqin taqibchisi, turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi bahs olib bordi. Qora donalarda o'ynaganiga qaramay, hamyurtimiz ushbu partiyada o'ziga kerakli durang natijani qayd eta oldi. Bu bilan Nodirbek Alireza bilan o'rtadagi 2 ochkolik farqni saqlab qoldi va muddatidan avval London Chess Classic 2025 chempioniga aylandi. 

Grossmeysterimiz bugun o'tkaziladigan so'nggi 9-tur uchrashuvida ukrainalik Pavel Elyanovga qarshi oq donalarda o'ynaydi. Elyanov 3,5 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Nodirbek 8 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, 1-o'rinni naqd qilib ulgurdi. Firuzdja 5 ochko bilan 2-o'rindan joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka 4,5 ochkoga ega angliyalik Nikita Vityugov yakun yasagan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ