logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» «Latsio»ga yutqazib, Italiya kubogidan chiqib ketdi (video)

 5 DEKABR, 2025, 08:00

Italiya kubogining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 finali doirasida «Latsio» o'z uyida «Milan»ni qabul qildi. Rimda o'tgan kurashlarga boy o'yin 1:0 hisobida mezbonlarning foydasiga hal bo'ldi.

Birinchi taymda har ikki jamoa gol urish imkoniyatlarini yarata oldi, ammo vaziyatlarni aniq zarbaga aylantirishning iloji bo'lmadi. Gol esa uchrashuv oxiriga yaqin kurildi: 80-daqiqada Nunu Tavaresh tomonidan uzatilgan burchak to'pini Mattia Dzakkani bosh bilan darvozaga yo'llab, rimliklarni oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, «Latsio» musobaqaning chorak finaliga yo'l oldi, «Milan» esa Italiya kubogidagi ishtirokini yakunladi. Ilgarigroq «Yuventus», «Atalanta», «Napoli», «Inter» va «Bolonya» musobaqaning 1/4 finaliga yo'l olib bo'lgan edi. Qolgan uchrashuvlar 13 yanvar va 27 yanvar kunlari bo'lib o'tadi — «Roma» «Torino»ni qabul qiladi, «Fiorentina» esa «Komo»ga qarshi bahs olib boradi.

Italiya kubogi, 1/8 final
4 dekabr. Rim. «Olimpiko» stadioni.
Latsio — Milan — 1:0
Gollar: 1:0 — Dzakkani, 80'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ