JCH-2025: Sayat Ilyasov falastinlik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi
4 DEKABR, 2025, 22:32
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.Musobaqada -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sayat Ilyasov ilk bosqichda Falastin vakili Anas Sleymanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 2-raunddan so'ng to'xtatildi. Bokschimizning mutlaq ustunligidan so'ng falastinlik bokschining murabbiylari 2-raunddan so'ng jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Sayat jang mobaynida raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi.
Endi Ilyasov ikkinchi bosqichda Qirg'iz Respublikasi vakili O.Livazaga qarshi jang o'tkazadi.

Manba: olamsport.com
