logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Arsenal» o'z maydonida «Brentford»ni taslim etdi (videosharh)

 4 DEKABR, 2025, 09:34

APLning 14-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Arsenal» o'z uyida «Brentford»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. «Emireyts»da o'tgan bellashuvda mezbonlar o'yinni to'liq nazorat qilib, muhim g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Mikel Merino aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. «Kanonirlar» butun o'yin davomida ustunlikni qo'ldan boy bermadi va 90+1-daqiqa Bukayo Saka jamoasining ikkinchi golini urdi.

Bu g'alabadan keyin «Arsenal» 33 ochko bilan turnir jadvalida 1-o'rinda qolmoqda. «Brentford» esa 19 ochko bilan 13-pog'onada joylashgan.

Keyingi turda «kanonirlar» 6 dekabr kuni safarda «Aston Villa»ga qarshi o'ynaydi. «Asalarilar» esa shu sanada «Tottenxem Xotspur» mehmoni bo'ladi.

Angliya — Premer-liga, 14-tur
3 dekabr 2025 yil, chorshanba. London. «Emireyts» stadioni.
Arsenal — Brentford — 2:0
Gollar: 1:0 — Merino, 11', 2:0 — Saka, 90+1'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ