logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Pep Gvardiola: "Futbolilar meni hurmat qilmay qo'yishdi"

 3 DEKABR, 2025, 17:16

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida "Fulxem" ustidan qozonilgan g'alabani (5:4) qo'ldan chiqarayozgan o'yinchilarini koyidi.

O'yin davomida "shaharliklar" 5:1 hisobida g'alaba qozonayotgan edi, ammo "Fulxem"ga hisobdagi farqni minimal ko'rinishga keltirishga imkon berib qo'yishdi.

"Albatta, men xavotir oldim. Lekin bu kelajakdagi o'yinlarda bizga yordam beradi. Har bir o'yin — ayrim o'yinchilar uchun yangi raqib demakdir. Xatolar ustida ishlash kerak. Men juda qariman, futbolchilar esa meni hurmat qilmay qo'yishd. Ular o'z murabbiyiga bunday munosabatda bo'lmasliklari kerak.

Bunaqasi faqat ushbu ligada sodir bo'ladi. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Eshiting, o'yinimizda haqiqatan ham ijobiy jihatlar bor edi. Yakunda bu xarakter va matonat masalasi bo'ldi", – dedi Gvardiola.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ