Turkiya chempionati. "Fenerbaxche" 90+5-daqiqadagi gol evaziga "Galatasaroy" bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qoldi (videosharh)
2 DEKABR, 2025, 09:00
"Fenerbahche" o'z maydonida Turkiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Galatasaroy"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida mehmonlar Leroy Sanening goli evaziga hisobni ochdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida mezbonlar javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi - 90+5-daqiqada Jon Duran gol urdi.
"Galatasaroy" 33 ochko bilan Turkiya chempionatida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Fenerbahche" esa 32 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
Manba: stadion.uz
