logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC rasmiy akkaunti Xollouey - Oliveyra jangini elon qildi va birozdan so'ng postni o'chirdi + FOTO

 30 NOYABR, 2025, 08:00

UFC Brazil rasmiy akkaunti UFC 324 turniri doirasida BMF kamari uchun kechadigan jangni anons qilib yubordi.

Unda amaldagi kamar sohibi amerikalik Maks Xollouey engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang anons qilingandi. Biroq tez orada ushbu post o'chirildi.

Eslatib o'tamiz, 12 oktyabr kuni Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 261 oqshomida Oliveyra polshalik Mateush Gamrotga qarshi oktagonga ko'tarilgan va ikkinchi raundda raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. Xollouey esa 20 iyul kuni UFC 318 turnirida o'tkazilgan jangda hamyurti Dastin Poreni besh raund yakunlariga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan taslim eta olgandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ