Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" safidagi asosiy tarkibdagi debyutida jarima zarbasidan supergol kiritdi (VIDEO)
30 NOYABR, 2025, 00:00
O'zbekistonlik hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" safidagi asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushgan o'yinda jarima zarbasidan chiroyli gol urdi.
22 yoshli futbolchimiz Turkiya chempionati 14-turidan o'rin olgan "Qosimposho"ga qarshi uchrashuvning 26-daqiqasida hisobni ochdi.
Manba: stadion.uz
