logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" so'nggi ikki yildagi eng tezkor golini o'tkazib yubordi (video)

 29 NOYABR, 2025, 21:34

"Barselona" La Liga doirasidagi "Alaves"ga qarshi uy uchrashuvini muvaffaqiyatsiz boshladi. Kataloniyaliklar bellashuvning 43-soniyasidayoq gol o'tkazib yuborishdi - Pablo Ibanes.

Opta xabariga ko'ra, bu "Barselona"ning 2023 yil 12 noyabrdan buyon Ispaniya chempionatidagi eng tezkor o'tkazib yuborilgan goli bo'ldi.

O'shanda ham qizig'i, kataloniyaliklar o'z maydonida "Alaves"dan gol o'tkazib yuborishgandi, ammo bugungidan ham oldinroq - 17-soniyada. Yakunda o'sha o'yinda ikki yil muqaddam Robert Levandovskining dubli evaziga "ko'k-anorranglilar" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ