JCH-2026 qurasi boshlanish vaqti malum, O'zbekiston nomidan kimlar qatnashishi ham
29 NOYABR, 2025, 17:16
5 dekabr kuni JCH-2026 uchun qura tashlash marosimi o'tkaziladi.O'FA matbuot xizmatining malum qilishicha, JCH-2026 qura tashlash marosimi Jon Kennedi nomidagi ijrochilik sanati memorial markazida Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. ️
Tadbirda O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va uning murabbiylar shtabi, shuningdek, FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov qatnashadi.

Manba: olamsport.com
