Muhammadjon Qurbonov bugun Qozog'istonda jang o'tkazadi
29 NOYABR, 2025, 14:48
Bugun Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Naiza FC 78 turniri tashkil etiladi.Musobaqada o'zbekistonlik Octagon League sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov jang qiladi. 34 yashar yurtdoshimizga turnir doirasida Xitoy vakili Deng Li raqib bo'ladi.
Qurbonov faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Li hisobida esa 3 ta g'alaba mavjud.
Musobaqa 17:00 da boshlanishi belgilangan.

Manba: olamsport.com
