"Davogar - Arman Carukyan". Ekspert Getji - Pimblett jangini tanqid qildi
28 NOYABR, 2025, 15:32
Amerikalik jurnalist Ariel Xelvani Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi vaqtinchalik chempionlik jangi tashkil etilishini tanqid qildi.Mazkur jang 25 yanvar kuni Las-Vegasda (AQSH) UFC 324 turnirida o'tadi.
"Vaqtinchalik chempionlik jangini birinchi raqamli davogarsiz o'tkazishmoqda. CHunki engil vazndagi birinchi raqamli davogar — Arman Carukyan degan yigit, va u bu jangida qatnashmayapti.
Qog'ozda Peddi va Jastin o'rtasidagi jang, agar Iliya Arman bilan jang qilganida, haqiqiy davogarlik jangi bo'lardi. Menimcha, vaqtinchalik chempionlik kamari umuman kerak emas edi", — dedi Xelvani ijtimoiy tarmoqlarda.
Manba: olamsport.com
