logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangi elon qilindi + POSTER

 28 NOYABR, 2025, 09:16

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Umar Nurmagomedov ham 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida oktagonga chiqadi.

Nurmagomedov oqshomning asosiy kardida o'ta engil vazn toifasida tashkilotning sobiq chempioni Deyveson Figeredoga qarshi jang o'tkazadi. Bu jang tashkilot rahbari tomonidan rasman elon qilindi.

SHu yilning yanvar oyida Umar Nurmagomedov Merab Dvalishvilidan chempionlik kamarini tortib olishga muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirgandi. U gruziyalik chempionga besh raund to'liq davom etgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgan edi. Oktyabr oyida esa Umar amerikalik Mario Bautistani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etib, faoliyatini muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytargandi.

Deyveson Figeredo esa oktyabr oyida ikki mag'lubiyatdan iborat seriyani yopib, Montel Jekson ustidan hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongandi. Bungacha braziliyalik aralash yakkakurash ustasi ikkinchi raundda tizzasidan olgan jarohati tufayli bir ovozdan Pyotr Yanga, undan avval amerikalik Kori Sendxagenga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergandi.

Ayni paytda Nurmagomedov va Figeredo tashkilotning o'ta engil divizioni reytingida mos ravishda birinchi va oltinchi o'rinlarni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ