logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Ona sher" Amanda Nunes ovga qaytmoqda, u chempionlik kamari uchun jang qiladi + POSTER

 28 NOYABR, 2025, 08:48

Ayollar o'rtasida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, braziliyalik "qotil sher" Amanda Nunes faoliyatini qayta tikladi, Dana Uayt unga ilk jangidayoq kamarni qaytarib olish imkoniyatini berdi.

Amanda 2026 yilning 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 324 turnirining co-main event, yani muhimligi jihatidan ikkinchi jangida amaldagi vazn chempioni amerikalik Kayla Xarrisonga qarshi oktagonga chiqadi. Bu xabarni rasman UFC prezidenti Dana Uayt elon qildi.

Malumot uchun, shu yilning iyun oyida dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni hisoblangan Kayla Xarrison Julianna Penyani ikkinchi raundda kimura usulida mag'lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini raqibasidan tortib olgandi. Kayla dunyoning eng kuchli Ligasidagi o'zining uchinchi jangidayoq promoushen chempioniga aylangan edi.  

Amanda Nunes esa 2023 yilning iyun oyidan beri jang o'tkazmaydi. O'shanda u Iren Aldanani hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgan va faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. Nunes bu bilan o'ziga tegishli bo'lib turgan ikki vazndagi chempionlik kamarlarini vakant, yani egasiz qoldirgandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ