Islam Maxachev keyingi jangini Oq uyda o'tkazish istagini bildirdi
26 NOYABR, 2025, 13:16
Yarim o'rta vazn toifasida rossiyalik UFC chempioni Islam Maxachev keyingi jangini 2026 yil 14 iyun kuni bo'lib o'tishi kutilayotgan Oq uydagi UFC turnirida o'tkazish istagini bildirdi."Mening keyingi jangim — katta tadbirim — Oq uyda bo'ladi. Balki bu o'sha erdagi birinchi va oxirgi jangimdir. Nega bu turnirga mening ismim qo'shilmasligi kerak?" - deya aytib o'tgan Maxachev matbuot anjumanida.
Manba: olamsport.com
