logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nodirbek Yakubboev Jahon kubogini 4-o'rinda yakunladi

 25 NOYABR, 2025, 18:00

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha Jahon kubogi o'z yakuniga etib bormoqda.

Musobaqada yarim finalgacha etib kelgan hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev 3-o'rin uchun bahsda rossiyalik Andrey Esipenkoga qarshi dona surdi va ikkinchi partiyada ham imkoniyatni boy berdi. 

SHu tariqa, grossmeysterimiz mazkur qarama-qarshilikda 0:2 hisobida yutqazdi va Jahon kubogini 4-o'rinda yakunlaydigan bo'ldi. 

Ushbu muvaffaqiyat orqali Nodirbek 50 ming AQSH dollari ishlab oldi. 

Eslatib o'tamiz, Jahon kubogi finalida boshqa bir hamyurtimiz Javoxir Sindarov xitoylik Vey Yi bilan to'qnash kelmoqda. Ikkita partiyadan so'ng hozircha durang qayd etilmoqda. G'olib ertaga tay-breykda aniqlanadi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ