"Islam Sen-Perni mag'lub eta olgan bo'lardi" - UFC sobiq chempioni
24 NOYABR, 2025, 17:48
UFC sobiq chempioni Robert Uittakerning aytishicha, yarimo'rta vazn toifasining amaldagi chempioni Islam Maxachev agar o'zaro jang tashkil etilganda o'z cho'qqisidagi Jorj Sen-Perni mag'lub eta olgan bo'lardi."Menimcha Islam buni uddalay olgan bo'lardi. Agar jang kurashga aylanib ketsa, Islam yaxshiroq bo'ladi. CHunki u aynan shuning uchun yaratilgan. CHimaev kabi. Sen-Per esa MMAdagi barcha arsenalidan foydalangan bo'lardi. Ammo Islam sizni yotqizib olsa, siz o'rningizdan tura olmaysiz", - dedi Uittaker.
Manba: olamsport.com
