Messi gol va uchta assist bilan «Inter Mayami»ga MLS Kubogi yarim finaliga chiqishga yordam berdi (videosharh)
24 NOYABR, 2025, 08:00
23 noyabrdan 24 noyabrga o'tar kechasi AQShning Tsintsinnati shahridagi «TQL Stadium» arenasida MLS pley-offi chorak finali doirasida «Tsintsinnati» va «Inter Mayami» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv mehmonlarning yirik g'alabasi bilan — 4:0 hisobida yakunlandi.
G'olib jamoa tarkibida argentinalik futbolchilar Mateo Silvetti va Tadeo Allende (dubl) gol urdilar. Yana bir gol va uchta golli uzatma esa yulduz hujumchi Lionel Messi hissasiga to'g'ri keldi.
Shu tariqa, «Inter Mayami» musobaqa yarim finaliga yo'l oldi. Endilikda jamoa «Filadelfiya» — «Nyu-York Siti» juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.
AQSh — Major League Soccer. 1/4 final
Tsintsinnati — Inter Mayami - 0:4
Gollar: 0:1 — Messi, 19', 0:2 — Silvetti, 57', 0:3 — Allende, 62', 0:4 — Allende, 74'
Manba: stadion.uz
