logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Qizilqum" "Neftchi"ni yutsa, har bir futbolchi 40 million so'mdan oladi

 22 NOYABR, 2025, 13:48

Bugun Farg'onada Superliganing 29-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qizilqum" o'yini bo'lib o'tadi.

Agar uchrashuvda "Neftchi" g'alaba qozonsa, 24 yil ichida ilk bor chempionlikni bayram qiladi. 

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev malumotlariga ko'ra, "Qizilqum" futbolchilariga jamoa rahbariyati va "Paxtakor" tomonidan katta miqdorda mukofot pullari vada qilingan. 

"Bugun "Qizilqum" Farg'onada bayram bo'lmasligiga astoydil harakat qiladi. 

Jamoa rahbariyati bugungi g'alaba uchun har bir futbolchiga 20 million so'm mukofot vada qilgan. Bundan tashqari, "Paxtakor" ham 20 million so'mdan vada qilgani aytilmoqda. Demak, "Qizilqum" bugun yutsa, har bir futbolchi 40 million so'mga ega bo'ladi", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Qizilqum" bahsi bugun "Istiqlol" stadionida soat 16:15 da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ