logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Umar Nurmagamedov qaytishga tayyor

 22 NOYABR, 2025, 13:32

UFC engil divizionining birinchi raqamli jangchisi Umar Nurmagomedov o'zining davogarlik maqomini xavf ostiga qo'yib, nomsiz jang o'tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

"Menimcha, hozirning o'zidayoq chempionlik uchun oktagonga chiqishga loyiqman, ammo bu jang yaqin orada o'tkazilmaydi. SHuning uchun, fevral oyining o'rtalarida boshlanadigan Ramazongacha jang qilmoqchiman. UFC yanvar va fevral oylarida turnir o'tkazadi - ulardan birida jang qilmoqchiman. Bu uch yoki besh raundlik jang bo'lishining ahamiyati yo'q. SHundan so'ng hammasi qanday bo'lishini ko'ramiz", - dedi rossiyalik jangchi Qatardagi UFC turniriga ko'rgazmali vazn o'lchash marosimidan oldin matbuot va muxlislar bilan suhbatda.

Avvalroq, Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz liga rahbariyatidan o'z mijozining jangini tashkil etishni so'raganini malum qilib, ehtimoliy raqib sifatida kanadalik Eymann Zahabi va braziliyalik Deyveson Figeredoni tilga olgandi.

Malumot uchun, o'tgan oyda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Merab Dvalishvilidan uchralgan chempionlik mag'lubiyatidan so'ng, potencial davogarlik jangida amerikalik Mario Bautistani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, faoliyatini muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytargandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ