logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Engil atletikachilarimiz Islom birdamligi o'yinlarini 14 ta medal bilan yakunlashdi

 21 NOYABR, 2025, 19:00

Kecha Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari doirasida engil atletika bo'yicha bellashuvlar nihoyasiga etgandi.

Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari musobaqada 6 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqishdi.

G'olib va sovrindorlar:

Oltin:

• Barnoxon Sayfullaeva — balandlikka sakrash, 1,84 m

• Ibrohim Mahkamov — uch hatlab sakrash, 16,74 m

• Nargiza Qo'chqorova — nayza uloqtirish, 59,39 m

• Amir Nagaev — balandlikka sakrash, 2,15 m

• Nodir Norboev — o'nkurash, 7638 ochko

• Anvar Anvarov — uzunlikka sakrash, 8,09 m.

Kumush:

• Suxrob Xojaev — yadro uloqtirish, 74,44 m

• SHarifa Davronova — uch hatlab sakrash, 13,91 m

• Zahriddin SHokirov — o'nkurash, 7487 ochko

• Lidiya Podcepkina — 100 m, 13,56 sek

• O'g'iloy Norboeva — ettikurash, 5488 ochko.

Bronza:

• Valeriya Gorbatova — balandlikka sakrash, 1,81 m

• Ayubxon Fayozov — yadro uloqtirish, 74,12 m

• Zarina Nasriddinova — yadro uloqtirish, 61,69 m.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ