logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nurmagomedov ilk chempionlik himoya jangini o'tkazadi + POSTER

 21 NOYABR, 2025, 12:00

Engil vazn toifasida amaldagi PFL chempioni Usman Nurmagomedovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 7 fevral kuni BAAning Dubay shahrida o'tkaziladigan turnirda ilk chempionlik kamari himoyasini o'tkazadi. Engil vazndagi so'nggi Gran-pri g'olibiga aylangan britaniyalik Alfi Devis mag'lubiyat nimaligini bilmay kelatyotgan rossiyalikning raqibi bo'ladi.

Tashkilot kelasi yilgi birinchi chempionlik jangini rasman elon qildi. 27 yoshli Usman Nurmagomedov shu yil irlandiyalik Pol Xyuz bilan ikki marta jang qilib, har ikkisida g'alaba qozondi. Yanvar oyida hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan g'alaba qozonib, Bellator chempionlik kamarini himoya qilgan bo'lsa, oktyabr oyidagi revansh jangida hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi.

Alfi Devis esa 2025 yilda turnirning final jangida rossiyalik Gadji Rabadanovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, engil vazn toifasida PFL Gran-prisi g'olibiga aylandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ