VI Islom birdamligi o'yinlari. Erkin kurashchilarimiz delegaciyamizga yana ikkita medal taqdim etishdi
20 NOYABR, 2025, 20:32
Saudiya Arabistonida davom etayotgan kompleks musobaqaning navbatdagi kuni ham delegaciyamiz g'aznasi medallar bilan boyimoqda.Biroz avval erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori gvineyalik Muhammad Kamarani 10:0 hisobida dog'da qoldirib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Yana bir bronza medalini ayollar erkin kurashi bahslarida Nigina Sobirova taqdim etdi. U uchinchi o'rin kechgan bellashuvda iordaniyalik Ayla Mayalini engdi.


Manba: olamsport.com
