logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

VI Islom birdamligi o'yinlari. Eron O'zbekiston bilan o'rtadagi "tilla" farqini qisqartirdi (To'liq jadval)

 20 NOYABR, 2025, 08:48

O'zbekiston sport delegaciyasi Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarining kechagi kun doirasida kamtarroq natija ko'rsatdi - avvalgi kundan 9 ta kam medal jamg'ardi.

O'tgan kuni 13 ta medal qo'lga kiritgandik, kecha 4 ta. Medallar jamg'arish bo'yicha Turkiya terma jamoasi hamon juda katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Turk qardoshlarimiz 68 ta oltin, 42 ta kumush, 30 ta bronza, jami 140 ta medal qo'lga kiritib ulgurishdi. Kechagi bahslarda ular 10 ta medalga ega chiqishdi.   

Ikkinchi o'rin uchun kurash O'zbekiston va Eron sport delegaciyalari orasida kechmoqda. Kechagi kun yakunida Eron o'rtadagi oltin medallar tafovutini 1 taga qisqartirdi - biz forslarga qaraganda 5 ta oltin ko'p jamg'arganmiz. Kumush va bronza medallarimiz ham ulardan ko'p. 

O'zbekiston delegaciyasi 26 ta oltin, 30 ta kumush, 26 ta bronza, jami 82 ta medal jamg'arib, 2-o'rinni mustahkam band etgan. Eron delegaciyasi hisobida 21 ta oltin, 18 ta kumush, 26 ta bronza, jami 64 ta medal bor. Misr, Bahrayn, Qozog'iston, Saudiya Arabistoni, Marokash, Nigeriya va Ozarbayjon terma jamoalari Top-10`talikdan joy olgan. 


Markaziy Osiyo davlatlarining medallar jamg'arish bo'yicha o'rni: 

2. O'zbekiston — 26 ta oltin, 30 ta kumush, 26 ta bronza

6. Qozog'iston — 11 ta oltin, 15 ta kumush, 17 ta bronza

20. Qirg'iz Respublikasi — 1 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza

25. Afg'oniston — 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza

27. Tojikiston — 2 ta kumush, 3 ta bronza

Turkmaniston hali medal olmagan.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ