logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rojer Federer Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi

 19 NOYABR, 2025, 18:32

20 karra "Katta dubulg'a" chempioni, shveycariyalik Rojer Federer Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritiladi.

Marosim 2026 yilning 27-29 avgust kunlari AQSHning Rod-Aylend shtatidagi Nyuport shahrida bo'lib o'tadi.

"Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritilish va ko'plab buyuk chempionlar bilan bir qatorda turish men uchun ulkan sharaf. Faoliyatim davomida men tennis tarixini va mendan oldin o'tgan o'yinchilarni qadrlab kelganman, bu o'zim uchun o'rnak bo'lib xizmat qiladi. Ushbu sport turidagi tengdoshlarimdan bunday etirofga sazovor bo'lish juda katta sharaf. Men kelasi yil avgust oyida tennis hamjamiyati bilan ushbu maxsus lahzani nishonlash uchun Nyuportga tashrif buyurishni intiqlik bilan kutaman", deya bunga munosabat bildirdi Federer.

Rojer Federer 43 yoshda. U 2008 yilgi Olimpiya o'yinlarining juftlik bahslari chempioni va 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarining yakkalik bahslarida ikkinchi o'rinni egallagan. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ