Dubayda o'tkaziladigan IBA Jahon chempionatida nechta mamlakat bokschilari qatnashishi aytildi
19 NOYABR, 2025, 18:16
Xalqaro boks assosiaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov erkaklar o'rtasidagi JCH haqida malumot berdi.— Jahon chempionati oldidan qanday yangiliklar bor?
"Bu shunchaki jahon chempionati emas, balki ikki haftalik yirik boks festivali bo'ladi. U professional boks kechasini ham o'z ichiga oladi. Rossiya terma jamoasiga muxlislarini xafa qilmasliklari uchun ajoyib chiqishlarni tilayman. Butun mamlakat sportchilarimizni qo'llab-quvvatlaydi!".
— Jahon chempionatida nechta mamlakat ishtirok etadi?
"120 dan ortiq mamlakat ro'yxatdan o'tgan. Biz ushbu turnirda ko'plab jahon yulduzlarini kutyapmiz. Butun dunyo ushbu chempionatni kutmoqda. Juda katta hayajon bor".
— Jahon chempionatining sovrin jamg'armasi qancha bo'ladi?
"8,32 million dollarni tashkil etadi, bu rekord. Bundan tashqari, pul nafaqat sportchilarga, balki ularning murabbiylari va milliy federaciyalariga ham to'g'ridan-to'g'ri ketadi".
Malumot uchun, boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati 2-13 dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.
Manba: olamsport.com
